Pokiston sobiq bosh vaziri Navoz Sharif 7 yilga qamaldi

Foto: REUTERS
Islomobod antikorruptsion sudi Pokiston sobiq bosh vaziri Navoz Sharifga nisbatan 7 yilga ozodlikdan mahrum qilish va 2,5 million dollar jarima to‘lash to‘g‘risida hukm chiqardi, deb xabar berdi Geo TV telekanali.
Telekanalning ma'lumot berishicha, sobiq bosh vazir korruptsion sxemada ishtirok etishda aybdor deb topilgan. Xususan, u Saudiya Arabistonida joylashgan "Al-Aziz" po‘lat qo‘yish zavodining sotib olinishi qonuniy bo‘lganligini sudga isbotlab berolmagan. Flagship Investment investitsiya firmasi bilan bog‘liq ish bo‘yicha esa u oqlangan.
Hukumat hukm e'lon qilinganidan so‘ng Islomobodda Sharifning tarafdorlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirilishini kutmoqda. Shu sababli politsiya poytaxtda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.
Sharif o‘tgan yilning iyulida OAVda chop etilgan maqoladan so‘ng bosh vazir lavozimidan chetlashtirilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq bosh vazirning farzandlari Virgin orollarida ofshor hisob raqamlarga ega bo‘lishgan hamda Londonda qimmatbaho ko‘chmas mulkka egalik qilishgan. Ushbu mulk qaysi mablag‘ga sotib olinganligi borasidagi shubhalar tergov boshlanishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid

10:23 / 12.03.2025
Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdini o‘qqa tutdi va odamlarni garovga oldi

12:29 / 03.03.2025
Pokiston to‘qimachilik korxonasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshiradi

16:30 / 26.02.2025
O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi

16:28 / 26.02.2025