[Dunguan, Xitoy, 2018 yil, 18 dekabr] Huawei kompaniyasining amaldagi bosh direktori Ken Xu(Ken Hu) Dunguandagi kompaniyaning yangi qarorgohida dunyodagi yetakchi OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi. Jurnalistlar kompaniyaning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalariga tashrif buyurib, 5G-uskunalari uchun ishlab chiqilgan termoregulyatsiya texnologiyalariga doir yangi materiallar bilan tanishishdi, shuningdek kiber-xavfsizlik yo‘nalishiga doir laboratoriya faoliyatini ko‘zdan kechirishdi.
Ken Xu ushbu tadbir davomida Huawei kompaniyasining jadal taraqqiyoti va istiqbollari haqida nutq so‘zlab, o‘z fikrlari isbotini yuzlab telekom operatorlari, dunyoning Fortune 500 ro‘yxatiga kiruvchi kompaniyalarning deyarli yarmi,hamda yuz millionlab iste'molchilarning brendga bildirayotgan ishonchida qo‘rish mumkinligini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda kompaniyaning daromadi 100 milliard AQSh dollaridan oshishi kutilmoqda.
Shuningdek,bosh direktor yaqinda Huawei kompaniyasiga nisbatan qo‘yilgan asossiz ayblovlarni izohlab, barcha faktlar Huawei foydasiga gapirayotgani va kompaniya xavfsizlik masalalari borasida yaxshi nufuzga egaligini ta'kidladi. Ken Xuning aytishicha, Huawei tarixida oxirgi 30 yil ichida informatsion xavfsizlikka doir biror jiddiy muammo kuzatilmagan.
Anjuman ishtirokchilari quyidagi mavzularni muhokama qilishdi:
- 5G texnologiyasi – Huawei bu borada 25 ta tijoriy shartnoma imzolab, dunyo bo‘ylab 10 mingdan ortiq tarmoq stansiyalarini o‘rnatdi va bu yo‘nalishda barcha AKT-qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida yetakchiga aylandi. Deyarli barcha tarmoq operatorlarining e'tiroficha, Huawei eng yaxshi uskunalarni taqdim etadi va kelgusi bir yil, bir yarim yil davomida jahon bozorida yetakchilikni saqlab qoladi. Aynan mana shu sabab tufayli ham jahondagi ko‘plab mobil operatorlar Huawei uskunalarini tanlamoqdalar. Bundan tashqari, operatorlarning so‘ziga quloq soladigan bo‘lsak, Huawei bilan hamkorlik joriy tarmoqlarni yanada tez va kamroq xarajat bilan modernizatsiya qilish imkoniyatini beradi. 5G texnologiyalarining xavfsizligiga doir ayrim masalalar chindan ham ahamiyatli, - deydi Xu, - ammo ularga operator va davlat organlari bilan hamkorlik orqali aniqlik kiritilishi va hal qilinishi mumkin.
- Kiber-xavfsizlik – Huawei uchun birlamchi ustunlik. Ken Xu AQSh va Avstraliyada barpo etilishi kutilgan xavfsizlik muammolarini baholash markazlariga doir savolga javob berar ekan,bunday markazlar Buyuk Britaniya, Kanada va Germaniya kabi davlatlarda faoliyat yuritishini ta'kidladi. Kompaniya davlat ma'muriyati va mijozlarning bu boradagi xavotirini to‘g‘ri anglagan holda, ular tomonidan qo‘yilgan jiddiy tekshiruvlardan o‘z tashabbusi bilan o‘tadi. Biroq Huawei qurilmalari kiber-xavfsizlikka tahdid qilishini asoslaydigan dalillar yo‘q. Xitoy qonunchiligi bo‘yicha qayd etilgan xavotirga kelsak, Xitoy tashqi ishlar vazirligi bunga o‘z munosabatini bildirib, Xitoydagi kompaniyalarga xavfsizlik tizimini aylanib o‘tishga imkoniyat beradigan dasturlarni o‘rnatish talabi qo‘yilmagani borasida rasman bayonot bilan chiqqan. Huawei o‘z faoliyati bilan bog‘liq oshkoralik, shaffoflik va erkinlik masalalari bo‘yicha kimda savol va xavotir bo‘lsa, ular bilan ochiq muloqotga doimo tayyor.
- Qonun talablariga muvofiqlik - anjumanda jurnalistlar Huawei kompaniyasining moliyaviy direktori Meng Vanchjou haqidagi savollar bilan murojaat etishdi. Ken Xuning so‘zlariga ko‘ra, u joriy sud tekshiruvlari haqida biror nima deya olmasligini bildirgan, ammo bu voqea biznes jarayoniga ta'sir qilmasligini ham qayd etib o‘tgan. Ijro ishlari bo‘yicha safar rejalariga ham bu ta'sir qilmagan va Huawei 2007 yildan beri xalqaro savdo tizimida mavjud qoidalarga og‘ishmay rioya qilib kelmoqda. Kompaniya Kanada va AQShsud tizimlari adolatli va mustaqil ekanligiga ishonadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, juda kam holatlarda ba'zi mamlakatlar 5G muammolarini g‘oyaviy yoki geopolitik maqsadlarda asossiz bo‘rttirib ko‘rsatmoqdalar. Huawei bosh direktorining fikricha, bunday masalalar nosog‘lom raqobat uchun dastak vazifasini o‘tamoqda. Bunday to‘siqlar esa o‘z navbatida yangi texnologiyalarni joriy qilishni sekinlashtirishi, tarmoqlarni kengaytirish xarajatlarini oshirishi va iste'molchilar uchun narxni ko‘tarishi mumkin. Agar Huawei kompaniyasiga 2017 yildan 2020 yilga qadar AQShda 5G tarmoqlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha raqobatlashishga ruxsat etilganda edi, simsiz infratuzilmaga sarflanadigan 20 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ tejalgan bo‘lar edi, deb fikr bildirgan ayrim iqtisodchilar.
Ken Xu o‘z nutqi oxirida kompaniyaning so‘nggi yutuqlari keng qamrovga ega ekanligini ta'riflarkan, 30 yillik o‘zgarish yo‘li Huawei kompaniyasiga kichik ta'minotchidan 5G bozoridagi yetakchiga aylanish imkoniyatini berganligi, va bunda kompaniya xodimlari, uning rahbariyati va madaniyati muhim rol o‘ynaganini ta'kidlab o‘tdi. Jurnalistlarga ishtirok uchun tashakkur bildirib, Ken Xu Huawei hali ham har qanday muammoni mantiq bilan hal etayotganini tasdiqladi.
Ken Xu o‘z nutqini 1915 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati , fransuz yozuvchisi Roman Rollan so‘zlari bilan yakunladi: “Dunyoda faqat bitta qahramonlik bor - u ham bo‘lsa dunyoni qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rish va uni sevishdir“. Huawei kompaniyasida biz nima bilan duch kelganimizni yaxshi bilamiz va ishimizni sevishda davom etamiz.
Shu o‘rinda mashhur Xitoy maqolini keltirmoqchimiz: “Oldindagi yo‘l uzoq va mashaqqatli bo‘lsa ham, u albatta maqsadga eltadi”. Boshqa so‘z bilan aytganda, qarshimizda to‘siq va qiyinchiliklar bo‘lsa-da, biz harakatlanishda davom etamiz va albatta o‘z maqsadimizga yetamiz, zero biz yo‘lga otlanib bo‘ldik”.
Huaweikompaniyasi haqida qisqacha ma'lumot
Huawei axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlovchi jahon miqyosidagi yetakchi kompaniya sanaladi. Bizning maqsadimiz mas'uliyatli korporativ fuqaro, informatsion jamiyatni innovatsiyalar bilan ta'minlovchi va sanoatga birgalikda ko‘maklashuvchi sifatida dunyoni bir-biri bilan yaxshiroq bog‘lash orqali turmushni boyitish va samaradorlikni yaxshilashdir. Iste'molchilarga qaratilgan innovatsiya va ochiq hamkorlik yuritish orqali Huawei telekommunikatsiya va korxona tarmoqlari, qurilmalari va bulutli yechimlarda iste'molchilarga raqobatda ustunlik taqdim etuvchi to‘liq AKT yechimlarga asos soldi. Huawei kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab 180 ming nafar xodimlari aloqa operatorlari, korxonalar va iste'molchilar uchun kerakli vositalar yaratishga xizmat qilmoqda. Bizning innovatsion IKT yechimlarimiz, mahsulot va xizmatlarimiz dunyo aholisining uchdan bir qismiga xizmat qiladi va 170 dan ortiq davlat va hududlarda ishlatiladi. 1987yilda asos solingan Huawei kompaniyasi o‘z xodimlari tomonidan to‘liq egalik qilinadigan xususiy kompaniya hisoblanadi.
Batafsil ma'lumot uchun Huawei kompaniyasining www.huawei.com saytiga tashrif buyuring yoki quyidagi havolalarda bizni kuzatib boring:
www.linkedin.com/company/Huawei
Reklama huquqi asosida