Xiaomi smartfondek keladigan fotoprinterni taqdim qildi

Fan-texnika 23:22 / 20.12.2018 5961

20 dekabrda Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi qurilmasi – mitti fotoprinterni taqdim qildi. Ta'kidlanishicha, shu kundan boshlab Xiaomi Mijia Photo Printer deb nomlangan qurilmani kompaniyaning rasmiy saytidan juda past narxda – 72 dollarga sotib olish mumkin.  

Kompaniyada ta'kidlanishicha, qurilmaga buyurtmalar olina boshlangach 2 soat ichida undan 10 mingta sotilgan.  

Yangi printerning asosiy jihati uning ixchamligidadir. Buning evaziga uni o‘zi bilan sayohatga ham olish mumkin. U o‘lchamlari bo‘yicha zamonaviy smartfonlar kabidir va birgina o‘chirish/yoqish tugmachasiga ega. Printer ishlay oladigan qog‘ozning maksimal formati A5’ni tashkil qiladi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, fotoprinter bilan ishlashda yaxshi sifatdagi suratlar olish, zarurat bo‘lganda esa unda hujjatlarni bosish mumkin.

Printerda 300 x 300 dpi sifatidagi suratlarni olish mumkin. U smartfon yoki planshet yordamida Mijia dasturi orqali boshqariladi.

Printer uchun 40 ta suratni olishga mo‘ljallangan to‘plam 8,5 dollar turadi, ya'ni bir dona surat 20 sentga tushadi. 

Kompaniyada ixcham printer tashrif qog‘ozlari, fotokartochkalar, otkritkalar bosish uchun juda qo‘l kelishi, bu esa endi ishini boshlayotgan tadbirkorlarda qiziqish uyg‘otishi mumkinligi aytilgan.  

 

Ko‘proq yangiliklar: