Foto: Puma 1986 yilgi “aqlli” krossovkalar modelini qaytadan ishlab chiqardi

Fan-texnika 00:41 / 20.12.2018 13382

Ilgari u kompyuterga sim bilan, hozirda esa Bluetooth orqali ulanadi.

1986 yilda Puma kompaniyasi RS-Computer ilk “aqlli” krossovkalarni chiqargan edi. Ular qadam, sarflangan kaloriya, vaqt va masofani krossovkaga o‘rnatilgan chip yordamida hisoblardi. Bu ma'lumotlardan foydalanish uchun oyoq kiyimni sim bilan Apple IIe, Commodore 64/128 yoki IBM PC Computerʼiga ulash talab etilgan.

Foto: Puma

2018 yilda kompaniya RS-Computerʼni ilk dizaynda, biroq yangi funksiyalar bilan qayta ishlab chiqarishga qaror qildi.

Yangi RS-Computer ma'lumotlarni sim emas, Bluetooth orqali yetkazadi. Ma'lumotni esa RS-Computer Shoe ilovasi orqali ko‘rish mumkin. U 8-bitli grafika yordamida eski kompyuterlar interfeysiga o‘xshatib ishlangan.

Foto: Puma
Foto: Puma

Krossovkalar 30 kunlik ma'lumotni saqlay oladi. Har oy ma'lumotlar yangilanadi.

Krossovkaning orqa qismida quvvat oldirishga mo‘ljallangan USB uchun joy va ikkita indikator bor: biri quvvat darajasini, ikkinchisi esa kun davomida bosilgan qadamlar soniga ko‘ra maqsadga erishilgani bo‘yicha ma'lumotni aks ettiradi.

Foto: Puma
Foto: Puma

Puma krossovkalari jami 86 juft, ularni AQSh, Yaponiya, shuningdek London va Berlin do‘konlaridan ham xarid qilish mumkin.

#foto #puma

Ko‘proq yangiliklar: