Bloomberg manbasining ma'lum qilishicha, 2019 yilda sotuvga LG kompaniyasining rulon ko‘rinishida o‘raladigan ilk egiluvchan televizori chiqariladi. Kompaniya CES 2018 ko‘rgazmasida bu televizorning prototipini namoyish qilgandi. 65 dyuymli OLED-panel ishlatilmayotganda asosi ichiga o‘raladi. Foydalanuvchilar keng proporsiyalarda tasvirga olingan kontentni qora chiziqlarsiz ko‘ra olish uchun bu ekranni qisman ochishlari imkoniyati ham mavjud.
Bloomberg’ning yozishicha, LG fevraldagi Mobile World Congress ko‘rgazmasida ilk 5G-smarchfonini namoyish qilishi mumkin.
Bundan tashqari, LG kompaniyasi CES 2019’da egiluvchan televizorining 2018 yil yanvarda taqdim qilingan prototipini emas, balki seriyali modelini namoyish qiladi.