Misr mo‘'jizasi: 200 gektar sahroda daraxtlar qanday o‘stirildi?

Sahrolarning yoyilishi — Afrika uchun jiddiy muammo. O‘rmonlar esa bu jarayonni to‘xtatishning eng yaxshi usuli sanaladi. Biroq yog‘ingarchilik, tabiiy suv manbalari bo‘lmagan joyda daraxtlar qanday paydo bo‘ladi? Olimlar bunga juda yaxshi yechim o‘ylab topishgan. Uning samarali ekaniga Misr sahrosida joylashgan Serapium o‘rmoni eng yaxshi isbot sanaladi. Bu yerda 1990-yillarda 200 gektardan ortiq maydonda turli daraxtlar paydo bo‘ldi. Mazkur betakror o‘rmon hali ham gullab-yashnamoqda.
Serapium — haqiqatan ham innovatsion loyiha bo‘lib, u misrlik va nemis olimlari hamkorligining natijasi. Loyiha yomg‘ir va suv zaxiralaridan umid qilmay, sug‘orish uchun moslashtirilgan oqava suvlar tizimidan foydalanish imkonini beradi. U nafaqat namlik, balki zaruriy ozuqaviy moddalar (ular o‘simliklar o‘sishiga yordam beradi) bilan ham ta'minlaydi.
Sug‘orish uchun qo‘llaniladigan oqova suvlar muayyan tozalashdan o‘tishiga qaramay, sug‘orishning bunday usuli odam iste'mol qilmaydigan daraxt va o‘simliklarni yetishtirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Ushbu muqobil variant ideal hisoblanadi: namlik oqova suvlarini tozalash stansiyasidan yuzlab gektar qumlikni qoplagan quvur va shlanglar bo‘ylab to‘g‘ri o‘rmonga keladi.
Loyiha mualliflarining fikriga ko‘ra, Serapiumʼdagi daraxtlar Germaniyadagiga qaraganda 4 marta tezroq o‘sadi. Agar Misr oqova suvlarining 80 foizidan foydalanilsa, bu yerdagi 650 ming gektar cho‘lni o‘rmonga aylantirish mumkin bo‘lardi.
Mavzuga oid

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

18:36 / 20.02.2025
Misrda 100 yil ichida ilk bor fir’avn qabri topildi. Unda Tutmos II dafn etilgan

22:23 / 19.02.2025