Internetda Xitoydagi “semiz” yo‘lbarslar suratlari ommalashmoqda

Jahon 10:03 / 11.12.2018 17845

Xitoyning Shenyan shahridagi Guaipo Tiger Park safari-bog‘idagi sibir yo‘lbarslari vazn to‘plamoqda. Ta'kidlanishicha, ular shu yo‘l bilan qishga tayyorlanmoqda, deb yozadi Daily Mail.

Ushbu holat sayyohlarning e'tiborini tortgan va ular anchagina vazn to‘plagan yo‘lbarslarni tasvirga tushirishgan.  

Zoologlarning aytishicha, yo‘lbarslarning sovuqqa tayyorlanish uchun ko‘proq ozuqa yeyishi tabiiy holdir. 

Sibir yo‘lbarsi urg‘ochisining vazni qishda taxminan 10 foizga oshib, 320 kg.gacha yetadi. Bu davrda yo‘lbarsning ishtahasi o‘rtacha uchdan bir qismga oshadi. Bog‘ xodimlarining aytishicha, qishda yirtqichlardan har biri kuniga 8 kg.dan, yozda esa 6 kg.dan sal ko‘proq go‘sht yeydi.

Qishda Shenyanda havo harorati minus 22 darajagacha tushib ketadi.

Ko‘proq yangiliklar: