O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 11 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 2,21 so‘mga pasaygan va 1 dollar 8312,69 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 48.21 so‘mga qimmatlab, 1 yevro 9456.46 so‘mga yetgan.
1 Rossiya rubli 1.37 so‘mga ko‘tarildi va 125.22 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi avgust oyi boshida 7783 so‘mgacha tushgandi. Kurs sentabr oyidan yana o‘sa boshladi, sentabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashib, bir haftada 176,83 so‘mga o‘sdi va 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi.
Markaziy bank dollar kursi ko‘tarilishini mamlakatning eng yirik savdo hamkorlari – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Turkiyada ro‘y berayotgan devalvatsiyaning oqibati deya izohlagandi.
Shundan so‘ng rasmiy kurs 18 hafta davomida muntazam ko‘tarildi va o‘tgan haftada 8300 so‘mlik nuqtadan o‘tdi.