TIVda Kuvayt elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 16:57 / 10.12.2018 3042

2018 yilning 10 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Kuvayt davlati favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyron bilan uchrashdi.

TIV xabarida aytilishicha, bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida turli shakllardagi O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlarini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilingan.

Uchrashuvda 2019 yilda o‘tkaziladigan ikki tomonlama tadbirlar jadvali, jumladan hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish muddati hamda savdo-iqtisodiy va bank-moliya sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: