Nissan sobiq rahbariga ayblov qo‘yildi

Jahon 10:58 / 10.12.2018 3641

Tokio prokuraturasi Renault-Nissan-Mitsubishi alyansining sobiq rahbari Karlos Gonga ayblov qo‘ydi. Bu haqda TASS «Kiodo» agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Nissan kompaniyasining o‘ziga va direktorlar kengashi sobiq a'zosi Greg Kelliga nisbatan ham ayblovlar e'lon qilindi. Kompaniya moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yish, jumladan, Gonning daromadlarini yashirishda ayblanmoqda.

Ta'kidlanishicha, deklaratsiyadan o‘tkazilmagan mablag‘lar kompaniya rahbariga ishdan bo‘shaganda qonunga muvofiq beriladigan pul sifatida to‘lanishi kerak edi. Biroq, ularni moliyaviy hisobotlarga qo‘shish talab etiladi, Gon esa buni qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Renault-Nissan-Mitsubishi alyansining taqdiri haqida gapirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: