Yil oxiriga kelib dunyo aholisining yarmidan ko‘pi internetga kira oladi

Jahon 23:10 / 07.12.2018 5651

2018 yil oxirigacha internetga kirish imkoniga ega odamlar soni 3,9 mlrd kishiga yoki sayyoramiz aholisining 51,2 foiziga yetadi. Bu haqda Xalqaro elektr aloqa ittifoqi xabarida ma'lum qilindi.  

“2018 yil oxiriga kelib internet foydalanuvchilar sonining 50 foizlik sarhadidan o‘tamiz. Bu kengroq global axboriy jamiyatga yo‘ldagi muhim qadamdir”, deb aytgan ittifoq bosh kotibi Xoulin Chjao.

Chjaoning aytishicha, bunday ko‘rsatkichlarga qaramay, “dunyoda raqamli iqtisodiyot ustunligidan foydalanishni kutayotgan odamlar hali ham juda ko‘pdir”. Uning ta'kidlashicha, 2018 yilga kelib Afrika davlatlarida 13 yil ichida internetga kirish imkoniga ega odamlar ulushi 2005 yildagi 2,1 foizdan 24,4 foizga o‘sgan. Bu davr ichida rivojlangan davlatlarda internet-foydalanuvchilar ulushi 51,3 foizdan 80,9 foizgacha, rivojlanayotgan davlatlarda esa 7,7 foizdan 45,3 foizgacha o‘sgan.

Ko‘proq yangiliklar: