SpaceX bir urinishda orbitaga 64 ta sun'iy yo‘ldoshni olib chiqdi

Foto: SpaceX
AQShning SpaceX kompaniyasi 3 dekabrda 64 ta sun'iy yo‘ldoshga ega Falcon 9 raketasining parvozini amalga oshirdi.
Raketa Toshkent vaqti bilan soat 22:34da Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan uchirilgan. Raketa startidan 8 daqiqa o‘tib uning birinchi pog‘onasi keyinchalik takroran ishlatish uchun Tinch okeanidagi platformaga qo‘ndirilgan. E'tiborlisi, kompaniya ushbu pog‘onani ilk bor uchinchi marta qayta ishlatdi. Avval bu blok may va avgustda raketalarni uchirishda qo‘llangan.
Sun'iy yo‘ldoshlar belgilangan orbitaga qism-qismlab olib chiqilgan. Umumiy hisobda fazoga 17 ta davlatning 35 ta kompaniyasi, tadqiqot tashkiloti va ta'lim muassasasi qurilmalari olib chiqildi.
Bir urinishda orbitaga bunday ko‘p miqdorda sun'iy yo‘ldoshlarning olib chiqilishi AQSh hududidan amalga oshirilgan parvozlar uchun rekord natija bo‘ldi. Biroq bu boradagi mutlaq rekord 2017 yil fevralida Hindistonning PSLV raketasi 104 ta sun'iy yo‘ldoshni fazoga olib chiqqanda o‘rnatilgan.
Mavzuga oid

14:11 / 15.02.2025
Haqiqiy sun’iy yo‘ldosh tomon ilk qadamlar – «UzCanSat» sinov parvozlaridan fotoreportaj

12:49 / 06.02.2025
Ozarboyjonlik maktab o‘quvchilari SpaceX yordamida o‘z sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchiradi

08:41 / 28.01.2025
O‘zbekiston TDTga a’zo davlatlar bilan birga qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratadi

22:48 / 20.01.2025