Dollarning rasmiy kursi 8300 so‘mdan oshdi

Iqtisodiyot 14:25 / 03.12.2018 26606

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 4 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 15, 65 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8314,85 so‘mga yetgan.

1 yevro kursi 3,04 so‘mga arzonlab, 9408,25 so‘mni tashkil qildi.

1 Rossiya rubli 1,54 so‘mga tushdi va 123,85 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. Sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi.

Ko‘proq yangiliklar: