Microsoft bozordagi kapitallashuv bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirdi va AQShning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, savdo yakunlarida Microsoft qiymati 851,2 milliard dollarni tashkil etgan, Apple’da esa - 847,4 milliard dollar.
Qayd etilishicha, Microsoft’ning bitta qimmatli qog‘ozi narxi 110,8 dollarni tashkil qildi.
Shu bilan birga, Apple’ning bitta qimmatli qog‘ozi 178,58 dollar turgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple rahbari iPhone’dan kamroq foydalana boshlaganini tan olgandi.