Xalqaro kurash assotsiatsiyasi kuni kecha mazkur jahon chempionatida ishtirok etadigan milliy terma jamoalarni ro‘yxatga olish muddati yakunlanganini e’lon qildi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga yo‘llangan talabnomalarga ko‘ra, Mo‘g‘uliston poytaxtida o‘tadigan jahon chempionatida 30 dan ziyod davlatning 400 nafardan ortiq sportchilari bellashuvlarda ishtirok etadi.
Mazkur jahon chempionati doirasida Ulan-Batorda kurashni yanada rivojlantirish maqsadida murabbiy va hakamlar uchun seminarlar, Xalqaro kurash assotsiatsiyasining bir qator kengaytirilgan yig‘ilishlari, turli brifing va ko‘rgazmalar tashkil etilishi belgilangan.
Jahon chempionati nizomiga muvofiq, joriy yil 2 dekabrdan bellashuvlarga start beriladi.
Ayni kunlarda Mo‘g‘ulistonda o‘tadigan kurash musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish borasida Ulan-Batorda Xalqaro kurash assotsiatsiyasining ishchi guruhi o‘z faoliyatini olib bormoqda.