Dunyodagi birinchi blokcheyn-smartfon chiqarildi

Fan-texnika 18:26 / 30.11.2018 20210

Isroilning Sirin Labs kompaniyasi dunyodagi birinchi blokcheyn-smartfonni chiqardi. Gadjyet Finney deb nomlandi. Yangi mahsulotning narxi 999 dollarni tashkil etdi.

Foto:  Sirin Labs

Qurilmani rasmiy veb-saytdan xarid qilish mumkin, 2019 yil yanvaridan esa u Amazon’da sotuvda paydo bo‘ladi.

Finney kriptovalyutani uzoq muddatli saqlash va u bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun hamyon hamda muloqot uchun oddiy telefon sifatida ishlaydi. U egalari ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlash uchun ma'lumotlarning tarqatma bazasidan foydalanadi.

Foto:  Sirin Labs

Qurilma Android’ning o‘zgartirilgan versiyasi hisoblangan SirinOS operatsion tizimi asosida ishlaydi. Yangi tizim qurilma egalari ma'lumotlari xavfsizligi muammosini hal qiladi. Ishlab chiqarish bilan Tayvanning Foxconn firmasi shug‘ullanadi.

Caption
Foto:  Sirin Labs
Ko‘proq yangiliklar: