2018 yil, 22 noyabrda poytaxtimiz Toshkentda Canon kompaniyasi professional fotojamiyatga o‘z ichiga revolyutsion yangi bayonet RF li EOS R tizimini qamrab olgan yangi to‘lakadrli oynasiz kamera va optika to‘plamini taqdim etdi.
An'anaga ko‘ra, kompaniya test rejimida tashkil qilib, fotosuratchilar va jurnalistlarga Markaziy Osiyoning eng yirik muzeylaridan biri bo‘lgan San'at muzeyida kamera imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish imkonini yaratdi.
Prezentatsiyaning rasmiy qismida kompaniyaning oxirgi kashfiyoti haqida so‘zlar ekan, Canon texnik mutaxassisi Ferents Torek: «Noldan loyihalashtirilgan EOS R tizimi yanada detallashtirilgan, erishib bo‘lmaydigan darajada tasvirning aniqligini ta'minlaydigan suratlarni olishni mutlaq yangi innovatsiya darajasini taklif etadi», – deb ta'kidladi. EOS R yangi, ishchi masofasi 20 mm va bayonet o‘rnatish joyi 54 mm bo‘lgan 12 kontaktli RF bayoneti bilan jihozlangan birinchi kamera bo‘lib, ilgari mumkin bo‘lmagan darajada moslashuvchanroq parametrli obektivlar loyihalashtirish imkonini beradi.
«Odamlar buni intizor bo‘lib kutmoqda va ularning soni kun sayin oshib bormoqda. Bizning mahsulot ularning ishonchini nafaqat oqlaydi, balki raqobatchilardan ustun bo‘lish uchun Canon tadqiqotlarga yanada katta e'tibor beradi. Biz chiqargan yangi model bilan haqiqatan faxrlanamiz, chunki bu – EOS R ni eng ilg‘or innovatsiyalar bilan ta'minlangan loyihachilarimiz jamoasining sinchkov mehnati mahsuli», – deb ta'kidladi spiker.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, fotoapparat olamda eng tez avtofokus bilan (fokuslash tezligi 0.05 sekunda) jihozlangan va harakatdagi obektlarni sobit fokus bilan bir sekundda 8 kadr tezligida va kuzatuvchi fokus bilan sekundiga 5 kadr tezligida darhol va sifatli suratga olishga qodir. Shuningdek EOS R da Touch and Drag AF tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu avtofokusning 5655 pozitsiyasidan birini his asosida tanlash imkonini beradi, bu esa shu tipdagi kameralarning har qandayidan ko‘p. EOS R yorug‘lik past sharoitda -6 bosqichgacha ekspozitsiyada fokuslanishga (-6EV) qodir bo‘lgan jahondagi birinchi kamera. Ushbu kamera ayni paytda deyarli to‘liq zulmat sharoitida ham to‘g‘ri rangdagi obektlarni ko‘rish imkonini beruvchi, 3,69 million nuqtali (pikselli) va kadrni 100% qamrovchi eng yangi elektron videoizlovchi tufayli kam yorug‘lik sharoitida ham suratga olishga a'lo darajada to‘g‘ri keladi.
EOS R sistemasi to‘liq ovozsiz suratga olish imkoniga ega, bu esa zatvor ovozi xalaqit beruvchi vaziyatlarda fotojurnalistlar va tantanali marosimlarni suratga oluvchi fotosuratchilarga qo‘l keladi.
Tadbirda dunyoda birinchi bo‘lib EOS R bilan jihozlangan kamera bilan tanishgan, Canon`ning Rossiyadagi rasmiy vakilasi Katya Muxina ham so‘zga chiqdi. U kamera bilan ishlash tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va auditoriyani kadrlarning chiroyi va sifati bilan qoyil qoldirib, oynasiz fotoapparatda past yorug‘likda harakatlanayotganda tasvirga tushirilgan suratlarni taqdim etdi.
Rasmiy qism tugagandan so‘ng barcha mehmonlar yangi chiqqan apparatni raqs ijro etilgan chog‘ida – «Dinamik» zonasida, zulmat sharoitida – «Neon portret» zonasida va makrosurat olish fotozonasida sinovdan o‘tkazdilar. CPS (Canon Professional Services) zonasida har bir xohlovchida Canon rasmiy servis markazi muhandisi maslahatini olishga, CPS dasturida qayd etilishga va sheck&clean xizmatidan foydalanish imkoni mavjud edi.
Canon EOS R kamerasi O‘zbekistonda sotuvga oktabrning oxirida chiqdi.
Kompaniya to‘g‘risida
80 yil davomida Canon butun dunyo bo‘ylab o‘z mijozlariga eng zamonaviy tasvirni yaratish va ishlov berish texnologiyalarini taqdim etmoqda.
1937 yilda tashkil topgan vaqtdan hozirgi mashhur brend Canon – jahon darajasidagi kompaniyagacha rivojlanib, turli sohalarda, jumladan biznes yechimlari, shaxsiy iste'molchilar uchun tasvirlarni shakllantirish va ishlov berish, teleko‘rsatuv va kommunikatsiya, tibbiy sistemalar va sanoat sektori uchun mahsulotlar bozorlarida mustahkam o‘rin egalladi.
Canon`ning koporativ falsafasi Kyosei prinsipiga asoslangan, u kompaniyaning tijorat va homiylik faoliyatidagi yondoshuvini belgilaydi.
Kyosei – yaponcha so‘z bo‘lib, «umumiy farovonlik va hayot uchun bahamjihat ishlash» degan ma'noni anglatadi. «Ushbu prinsip bizning qadriyatlarimizni belgilaydi va bizning axloqiy burchimizni - ijtimoiy mas'uliyatli kompaniya ekanligimizni tavsiflaydi», – deya ta'kidlanadi kompaniya saytida.
Kompaniya to‘g‘risida batafsil ma'lumot:
www.canon-europe.com
www.canon.uz
Spikerlar tarjimai holi:
Ferents Torek, Canon CEE CEE GmbH texnik mutaxassisi
Ferents Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universitetida (Vengriya) muhandislik tahsil olgan. Shuningdek, Brunel universiteti (Angliya) MVA darajasiga ega. U 20 yildan beri Sanon`da faoliyat yuritadi, Markaziy va Sharqiy Yevropada texnik treninglar o‘tkazadi va qo‘llab-quvvatlashga mas'ul hisoblanadi. Ferents, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropada Canon Professional Service (CPS) dasturini ishlab chiqishga ham mas'ul.
Katya Muxina – Canon`ning Rossiyadagi rasmiy vakilasi
Katya 15 yildan ortiq tajribaga ega professional tasvirchidir. U, ayniqsa to‘y fotosuratlarini olishda mutaxassis, 80 ortiq mamlakatlarda surat olgan. Moskvada ishlaydi va istiqomat qiladi. 2013 yilda kompaniyaning brend-ambassadori bo‘lgan.
MYWED, ISPWP, WPPI, JUNEBUGWEDDINGS kabi to‘y fotosuratchilari xalqaro assotsiatsiyalarining reytinglariga ko‘ra Rossiyaning TOP-10 va dunyoning TOP-30 to‘y fototasvirchilari sirasiga kiradi.
Canon EOS R kamerasi texnik imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil:
www.canon.uz/cameras/eos-r-system/
OAV uchun kontaktlar:
Gulnora Mansurova
Mob. tel.: +998 94 6169383
e-mail: gulnara.mansurova@gmail.com
Reklama huquqi asosida