Mask Tesla’ning «o‘lishini» taxmin qildi

Fan-texnika 14:51 / 26.11.2018 10612

Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning HBO kanalidagi Axios dasturi efirida ma'lum qilishicha, o‘z mahsuloti tez orada «o‘lishi» ehtimoli juda yaqin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya juda katta miqdordagi pullarni yo‘qotmoqda. «Biz yaqin kelajakda muammolarni hal qilmasak, unda o‘lamiz. Bu muammolarni hal qilish esa juda qiyin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Mask. Tadbirkorning qayd etishicha, kompaniyada bir necha hafta vaqt qoldi.

Bu Maskning o‘z kompaniyasi bankrot bo‘lishi haqidagi birinchi bayonoti emas. 2 aprel kuni u kompaniyani qutqarishning imkoni yo‘q ekani haqida xabar bergandi.

7 avgustda Mask tvit e'lon qildi, unda kompaniya aksiyalarini har biri uchun 420 dollardan sotib olishga va uni ochiq maqomdan chiqarib tashlashga va'da qildi. Va'da bajarilmagani sababli, bayonot AQSh Qimmatli qog‘ozlar komissiyasi bilan mojaroga olib keldi.

Natijada, Mask kompaniya direktorlar kengashidagi lavozimini tark etdi. Bundan tashqari, u 20 million dollar jarima to‘lab berishi kerak. Tesla esa Maskning barcha bayonotlarini, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarini nazorat qilish uchun maxsus shaxsni yollashga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Marsga yo‘l olishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: