Idoralararo tender komissiyasi ikkita investitsiya loyihasi bo‘yicha dunyodagi yetakchi telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tender o‘tkazdi.
Investitsion loyihalar quyidagilar:
DWDM texnologiyasi va raqamli radioreleyli qurilma bo‘yicha magistral tarmoq qismida «magistral va multiservisli ma'lumotlarni uzatish tarmog‘ini kengaytirish»;
«IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish».
Har ikkisida ham Yaponiyaning Toyota Tsusho Corporation kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.
Endi loyihaga 56 mln dollar yo‘naltirilishi ma'lum bo‘ldi. Ulardan 15 foizi Yaponiyaning SMBC banki kreditlari, qolgan 85 foizi - boshqa yapon banki, JBIC’niki.
O‘zbekiston 2030 yilga kelib pullarni qaytarishni rejalashtirmoqda.