E-VISA: 20 mingga yaqin xorijlik O‘zbekistonga kirish elektron vizasini oldi

O‘zbekiston 03:12 / 16.11.2018 4683

Bugunga kelib 49 mamlakatning 19 518 nafar fuqarosi O‘zbekistonga kirish elektron vizasini qo‘lga kiritdi. KUN.UZ muxbiri Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

15 noyabr sanasi ma'lumotlariga ko‘ra, jami 19 820 nafar xorij fuqarosi O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza so‘rab murojaat qilgan. Shulardan 19 518 nafariga E-VISA berilgan bo‘lsa, yana 280 kishining murojaati o‘rganilmoqda.

Ta'kidlash joizki, E-VISA statistikasi bo‘yicha fuqarolari eng ko‘p O‘zbekistonga kirish istagini bildirgan mamlakat – Xitoy. Bu mamlakatdan kelib tushgan arizalar soni 5601 tani tashkil etgan. Undan keyingi o‘rinda 2023 ta murojaat bilan Hindiston nomi qayd etilgan. Uchinchi pog‘onani esa 1867 fuqarosining murojaati bilan AQSh egallab turibdi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya mamlakatlari fuqarolari ham O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olishni so‘rab murojaat qilganlar orasida ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: