Kun antiqahramoni: Iguain hakamga baqirdi va Ronaldu bilan bahslashdi

Foto: Reuters
«Milan» hujumchisi Gonsalo Iguain «Yuventus»ga qarshi o‘yin (0:2) antiqahramoniga aylandi.
Argentinalik futbolchi birinchi bo‘lim oxirida, hisob 0:1 bo‘lib turganida penaltidan gol urolmagandi. Ikkinchi bo‘lim oxirida esa «Yuve» himoyachisi Medxi Benatiyaga nisbatan fol ishlatgach, arbitr Paolo Matstsoleni unga sariq kartochka ko‘rsatdi, futbolchi esa buni nohaqlik deb hisoblab, unga baqira boshladi, shundan keyin unga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Iguain maydonni tark etishni istamadi, u o‘zini tinchlantirish uchun kelgan «Real»dagi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan bahslashdi va unga ham baqirdi, «Yuventus»dagi boshqa jamoadoshlari ham uni ovuta olishmadi.
U maydonni tark etayotganida yig‘lab yubordi.
The Higuain incidentpic.twitter.com/QZZsrDYIkv
— Web Designer (@WebDesignerVoN) 11 noyabrya 2018 g.
Mavzuga oid

19:09 / 20.11.2024
Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi

12:12 / 23.04.2024
Derbida mushtlashuv va chetlatishlar. Italiyada chempion rasman aniq bo‘ldi

13:01 / 21.01.2024
Italiyada mojaro, «Arsenal»da 5 ta gol. Yevropada kun o‘yinlari

13:23 / 14.12.2023