AQShning Apple kompaniyasi MacBook Pro 13 noutbuklarida hamda iPhone X smartfonlari ishlashida nuqsonlar va nosozliklar kuzatilayotgani haqida e'lon qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayrim iPhone X telefonlarida displey tarkibiy qismining ishdan chiqishi oqibatida sensor ekranda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchining bayonot berishicha, smartfonlar ekranga tegilsa ishlamasligi va aksincha, teginmaganda ishlashi mumkin. Kompaniyaning ishontirishicha, shunday muammolarga duch kelgan iPhone X egalariga ekranlar bepul almashtirib beriladi.
Bundan tashqari, Apple 2017-yil iyulidan 2018-yil iyuniga qadar sotilgan ayrim MacBook Pro 13 noutbuklarining qattiq disklarida ma'lumotlar o‘z-o‘zidan yo‘qolayotgani yoxud ishlamay qolayotgani haqida bildirdi. Kompaniya bunday qurilmalar egalariga ham imkon qadar tezroq nosozliklarni bartaraf etish maqsadida Apple servis markazlariga murojaat qilishni tavsiya qildi.