Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanida 5 kishi is gazidan zaharlandi

Toshkent tumanida joriy yilning 7 noyabr kuni «Oydinhayot» MFYda yashovchi K.I. ismli ayolning uyi yerto‘lasiga o‘rnatilgan Nefit rusumli isitish pechi mo‘risidan sizib chiqqan is gazidan o‘zi va birga yashovchi qizi, ikki nafar nabirasi va mehmonda bo‘lgan qarindoshi zaharlanib kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 2018 yil 7 noyabr kunida «Sebzor» MFYda yashovchi H.M. uyida isitish pechiga ko‘mir yoqib nazoratsiz qoldirishi sababli o‘zi va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i M.M. ko‘mir isidan zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, 2018 yilning yanvar—oktabr oylari davomida O‘zbekistonda is gazi bilan bog‘liq 32 holatda 53 kishi jarohatlangan, 35 kishi vafot etgan. So‘nggi shov-shuvli voqea 31 oktabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida yuz berdi — bir kechada bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan o‘tkir zaharlanib vafot etdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

10:04 / 04.07.2025
Toshkent tumanida joylashgan uylarning biri yonib ketdi

20:47 / 04.05.2025
Toshkent tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi

12:43 / 24.04.2025
Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi

23:07 / 04.04.2025