Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi
Keng qamrovli texnik ekspertiza mehmonxonadagi isitish qozonlari eskirgani va xizmat muddati tugaganini aniqladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tergovchilari rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya va uning hamrohi 2024 yil oktabr oyida Toshkentdagi Karaman Palace mehmonxonasida zaharlanishi bo‘yicha dastlabki tergovni yakunladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib TASS xabar berdi.
«Mehmonxonadagi zaharlanish bo‘yicha jinoyat ishi doirasida dastlabki tergov nihoyasiga yetdi, ayblov xulosasi tuzildi. Tergov davomida to‘rt nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi. Hozir jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan», dedi matbuot kotibi.
2024 yil 22 oktabr kuni Toshkentdagi Karaman Palace mehmonxonasida uch kishi, jumladan, ikki nafar Rossiya fuqarosi halok bo‘ldi. Qurbonlardan biri rossiyalik Inessa Papernaya, 1977 yilda tug‘ilgan, «Profil» jurnalida ishlagan va Lenta.ru bilan hamkorlik qilgan. Uning hamrohi Maksim Radchenkoning jasadi ham topilgan. Mehmonxonaning boshqa xonasida O‘zbekiston fuqarosi Xushnud Udekov o‘lik holda topilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 20 oktabr kuni mehmonxonadagi isitish qozonidan is gazi sizib chiqib, Papernaya, Radchenko va Udekov o‘limiga sabab bo‘lgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish va bo‘g‘ilishga vodorod sulfidi sabab bo‘lgan. Keng qamrovli texnik ekspertiza o‘tkazilganda mehmonxonadagi isitish qozonlari eskirgani va xizmat muddati tugagani aniqlandi. OAV xabariga ko‘ra, mehmonxona egasi, isitish qozonining ikki sotuvchisi va uni qoidani buzgan holda o‘rnatgan chilangar qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

01:52
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi

18:37 / 02.05.2025
YeI rossiyalik oligarx va kompaniyalarning muzlatilgan 3 milliard yevro mablag‘ini musodara qiladi

17:49 / 02.05.2025
Rossiyaning Ukrainadagi maqsadlari o‘zgardi – CNN

11:10 / 02.05.2025