“Lester”da klub xo‘jayini halok bo‘lgani tasdiqlandi
“Lester Siti” klub xo‘jayini Vichay Shrivaddxanaprabxaning vertolyoti halokatga uchrashi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Voqea 27 oktabrda “Lester”ning uy maydoni “King Pauer” stadioni yonida yuz bergan.

Lestershir grafligi politsiyasining ma'lum qilishicha, fojiada yana 4 kishi halok bo‘lgan. Politsiya bayonotida aytilishicha, vertolyot bortida tailandlik milliarderning ikki xodimi – Nursara Suknamay va Kaveporn Punpare, uchuvchi Erik Svaffer va yo‘lovchi Izabela Roza Lechovich bo‘lgan.

Halokat “Lester”-“Vest Xem” uchrashuvidan keyin yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, vertolyot odatdagidek futbol maydonidan havoga ko‘tarilgan. Bir necha soniyadan keyin uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan va vertolyot stadion yonidagi avtoturargohga qulagan.
“Chuqur qayg‘u va yurakda og‘riq bilan klub egasi Vichay Shrivaddxanaprabxa shanba kechasi u va yana 4 yo‘lovchi bo‘lgan vertolyot halokatga uchragan fojiada halok bo‘lganlar orasida borligini tasdiqlaymiz. Bizning barcha o‘ylar Shrivaddxanaprabxa va qolgan qurbonlar oilalari bilan birga. Vichay qiyofasida biz yaxshi inson, hotamtoy, umrini o‘z oilasiga bag‘ishlagan, uni juda yaxshi ko‘rgan va muvaffaqiyatli boshqargan insonni yo‘qotdik. “Lester Siti” uning oilasi edi”, deb aytilgan klub bergan bayonotda.

Shrivaddxanaprabxa “Lester”ni 2010 yilda sotib olgan. Klub o‘sha vaqtda Angliya chempionatining 2-divizionida ishtirok etgan. “Tulkilar” qisqa vaqt ichida Premer-ligaga ko‘tarilib, 2015/2016 yillardagi mavsumda chempionlikka erishishgan.

Mavzuga oid

14:38 / 06.01.2025
NASA Marsni o‘rganishga mo‘ljallangan yangi vertolyotni namoyish etdi

22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi

21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi

16:57 / 10.12.2024