O‘zbekistonda notariuslar soni keskin oshirildi

Foto: Pixabay
Aholining notarial xizmatlarga ehtiyojining oshganligi notarial idoralarda navbatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu muammoni yechish maqsadida Adliya vazirligi respublika bo‘yicha notarial idoralar xodimlari sonini 665 nafarga ko‘paytirdi.
Jumladan, adliya vazirining buyrug‘i bilan qo‘shimcha 146 ta notarius (ko‘payish – 20 foiz), 383 ta notarius yordamchisi (ko‘payish – 74 foiz) va 137 ta notarius kotibi (ko‘payish –15 foiz) shtat birliklari ta'sis etildi. Shuningdek, 69 ta yangi davlat notarial idoralari ochilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur qo‘shimcha shtatlarni sezilarli ravishda oshirishga vazirlik tashabbusi asosida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan notarial idoralarida xodimlar sonini belgilash mezonlari maqbullashtirilgandan keyin imkon yaratildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda notariuslar qancha pul ishlab topishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

17:52 / 25.02.2025
Ayrim notarial xizmatlar narxi oshirildi

12:29 / 28.01.2025
NHH loyihalarining jamoatchilik muhokamasi bo‘yicha topshiriq bajarilyaptimi?

21:06 / 06.01.2025