Obama va Klintonlarga bombalar jo‘natildi

Foto: Getty Images
Nyu-York yaqinidagi uyda yashayotgan AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va prezidentlikka sobiq nomzod Xillari Klintonlarga kelgan pochta jo‘natmalari orasidan portlovchi qurilma topildi. Bu haqda New York Times gazetasi xabar berdi.
Qurilmani Klintonlarga kelgan jo‘natmalarni tekshirayotgan texnik mutaxassis aniqlagan. Keyinroq AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaga ham pochta orqali bomba jo‘natilgani ma'lum bo‘ldi.
Huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, portlovchi qurilmalar amerikalik milliarder Jorj Sorosning pochtasidan topilgan qurilmaga o‘xshaydi.
Dushanba kuni milliarder Jorj Sorosning uyi oldidagi pochta qutisidan portlovchi qurilma topilgandi. Bu vaqtda Sorosning o‘zi uyda bo‘lmagan. Politsiya bu ishni FQBga topshirganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

13:07 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada bolalar maydonchasi ostidan Ikkinchi jahon urushiga oid 150 dan ortiq bomba topildi

09:20 / 22.10.2024
Sloveniyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan yirik bomba zararsizlantirildi

13:30 / 05.10.2024
ZAES xodimi avtomobilda bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi

15:50 / 07.06.2024