Sloveniyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan yirik bomba zararsizlantirildi
Bomba Italiya chegarasi yaqinida joylashgan Nova Goritsa shahrida topilgan va zararsizlantirilgan.

Foto: Anadolu Agency
Sloveniyaning Italiya chegarasi yaqinida joylashgan Nova Goritsa shahridagi qurilish maydonchasida Ikkinchi jahon urushidan qolgan, og‘irligi 104 kilogramm bo‘lgan portlamay qolgan bomba topildi va zararsizlantirildi.
Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi vakili Srechko Sestanning so‘zlariga ko‘ra, bu qurilish maydonida birinchi marta o‘q-dorilar topilayotgani yo‘q. Ilgari bu yerda urushdan qolgan yana yettita bomba topilgan edi. U ushbu joydagi xavfli topilmalar bilan bog‘liq hodisalar shu voqea bilan yakunlanishiga umid bildirdi.
Katta o‘q-dorining yo‘q qilish munosabati bilan xavfsizlik nuqtayi nazaridan Sloveniya va Italiya tomonidan yaqin atrofdagi hududlardan 5 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi.
Tarixchilarning fikriga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi paytida Sloveniya hududiga 60 mingga yaqin bomba tashlangan, ulardan 6 mingtasi hali topilmagan va zararsizlantirilmagan.
Mavzuga oid

14:35 / 15.04.2025
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi

13:13 / 25.03.2025
Sloveniya o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga olmoqchi

13:07 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada bolalar maydonchasi ostidan Ikkinchi jahon urushiga oid 150 dan ortiq bomba topildi

13:30 / 05.10.2024