Kane Uest Uganda prezidentiga krossovka sovg‘a qildi

Foto: Presidential Press Unit/Handout via REUTERS
Amerikalik rep ijrochi Kane Uest va uning rafiqasi Kim Kardashyan Uganda prezidenti Yoveri Museveni bilan uchrashdilar, deya xabar beradi Sky News.
Sovg‘a sifatida Kane Uest prezidentga o‘z brendining oq krossovkalarini taqdim etdi.
O‘z navbatida, Museveni juftlikka ugandacha nomlar bergan: Uestga — Kanesigi, Kardashyanga esa — Kemigisha.
Rep ijrochi Ugandada safar bilan bo‘lib turganidan xursand ekanini bildirib, bu mamlakatni o‘zining ikkinchi uyi sifatida tilga oldi.
Kane Uest va Kim Kardashyan sayyohlikni rivojlantirish uchun Ugandaga kelishdi.
Mavzuga oid

18:22 / 28.11.2024
Hakerlar Uganda Markaziy bankidan salkam 17 mln dollar o‘g‘irladi

16:15 / 04.07.2024
Omadsiz sportchi tashkil etgan kompaniya - jahonga mashhur Nike qanday paydo bo‘lgandi?

16:00 / 07.08.2023
O‘zbekistonda Nike krossovkalarini ishlab chiqarish boshlandi

19:03 / 17.06.2023