Tojikistonda sabzi va piyoz keskin qimmatlashdi - Qirg‘iziston va O‘zbekistondan import boshlandi

Iqtisodiyot 17:40 / 12.10.2018 27523

EastFruit ma'lumotlariga ko‘ra, joriy haftada Tojikistonda sabzining ulgurji narxlari keskin oshdi.

Hozir yuqori sifatli mahsulotga o‘rtacha narx bir kilogramm uchun 0,35 dollarga yetadi, bu bir hafta oldingidan bir yarim barobar ko‘p. Bozor ishtirokchilari ma'lumotiga ko‘ra, Qirg‘izistondan import qilingan sabzi Tojikiston bozoriga kirib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bahor-yoz mavsumida Tojikiston fermerlarida sabzi savdosi bilan katta muammolar paydo bo‘ldi, uni hatto bir kilogramm uchun 0,06 dollarga ham sota olishmagan. Katta ehtimol bilan, sabzining bunday past narxi va unga bo‘lgan talabning yo‘qligi ko‘plab ishlab chiqaruvchilar bu biznesni tark etishiga olib keldi, bu esa hozir narxlar ko‘tarilishining asosiy sababi bo‘ldi.

Sabzidan tashqari, Tojikistonda piyoz narxi ham oshdi. Bir hafta davomida piyoz narxi 15%ga o‘sdi, bu uni O‘zbekistondan import qilishga olib keldi. Bozor ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy fermerlar mahsulotni sotishni istashmayapti, ular Rossiyaga piyoz importi mavsumini kutishmoqda, sababi u yerda ham narxlar ko‘tarilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini nafaqat Tojikistonga, balki Rossiyaga eksport qilishni boshladi. Qozog‘iston orqali o‘zbek piyozi Ukraina bozoriga ham kirib kelmoqda.

Hozirgi vaqtda Tojikistonda sifatli piyoz O‘zbekistonga qaraganda taxminan 20 foizga qimmatroq. Uning ulgurji narxi har bir kilogramm uchun 0,10 dollarni tashkil etadi, bu ikki hafta avvalgidan ancha qimmat. Tojikistonda piyoz narxining ko‘tarilishi uni eksportga yuklash jarayonini kechiktirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: