Toshkentda “Lasetti”ning daraxtga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Foto: rian.com.ua
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yil 11 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashagan M.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini Furqat ko‘chasida joylashgan “Xalqlar Do‘stligi” san'at saroyi oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Natijada avtomashina haydovchisi M.Sh. va uning yo‘lovchisi N.M. jarohat olib voqea joyida vafot etganlar.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:10 / 18.03.2025
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi

21:22 / 17.03.2025
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi

12:20 / 17.03.2025
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi

10:01 / 17.03.2025