Intel kompaniyasi 9-avloddagi Core protsessorlarini taqdim qildi.
Yangi qatorning flagmani Intel Core i9-9900K hisoblanib, kompaniya uni eng yaxshi “o‘yin protsessori” deb atagan. Ushbu protsessor 8 ta yadro va bazaviy chastotasi 3,6 GGts bo‘lgan 16 ta oqimdan iborat.
Shuningdek, Core i7 va Core i5 protsessorlarining 9-avlodi taqdim qilingan. Yangi i7-9700K 8 ta yadro va bazaviy chastotasi 3,6 GGtsli 8 oqimdan, yangi i5-9600K 6 ta yadro va 3,7 GGtsli 6 ta oqimdan iborat.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, yangi protsessorlarda ishlovchi tizimlar o‘yinlarda kadrlar chastotasi ko‘rsatkichining 35-45 foiz ko‘proq bo‘lishini ta'minlaydi.
Protsessorlarni buyurtmalar bo‘yicha yetkazib berish va savdosi 19 oktabrdan boshlanadi. Core i5-9600K narxi 262 dollar, Core i7-9700K’niki 374 dollar, Core i9-9900K’niki esa 488 dollarni tashkil qiladi.