Toyota 2,4 mlnta gibrid avtomobilini ortga qaytarib olmoqda

Fan-texnika 21:58 / 05.10.2018 7139

Toyota kompaniyasi modellari gibrid kuch qurilmasida aniqlangan nosozlik tufayli butun dunyo bo‘ylab avtomobillarining chaqirtirib olinishini e'lon qildi. Qanday nosozlik aniqlangani borasida aniqlik kiritilmagan. Ta'kidlanishicha, nosozlik kam hollarda dvigatelning o‘z-o‘zidan o‘chib qolishi va avtomobilning to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

2008 yil oktabrdan 2014 yil noyabrgacha ishlab chiqarilgan Prius va Auris modellari qaytarib olinmoqda.

Ushbu nosozlik bilan bog‘liq holda Yaponiyada sotilgan 1,25 mlnta, Shimoliy Amerikada sotilgan 830 mingta va Yevropada sotilgan 280 mingta, shuningdek, Xitoy, Afrika va boshqa mintaqalarda sotilgan mashinalar qaytarib olinmoqda.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, unda nosozlik sababli biror avtofalokat yuz bergani haqida ma'lumot yo‘q. 

Ko‘proq yangiliklar: