GM Uzbekistan kompaniyasi avtomobillarining yana ikkita modelini yetkazib berish muddatini qisqartirishga erishdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, endilikda «Cobalt» (4 poz. AT) avtomobilining yetkazish muddati 84 dan 40 kalendar kuniga (60 dan 25 ish kuni) hamda «Malibu Turbo»ni 125 dan 60 kalendar kuniga (90 dan 45 ish kuni) qisqardi.
Aytish joizki, ushbu yangi qisqargan muddatlar avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarda ham huquqiy jihatdan ham qayd etiladi.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya xizmatlarni takomillashtirishda hamda boshqa modeldagi avtomobillarning yetkazib berish muddatlarini ham qisqartirishda davom etadi va bu haqda qo‘shimcha ravishda ma'lum qilib borilmoqda.
Kunlik tarzda yangilanib boradigan dilerlik korxonalari kesimida taqsimlanadigan avtomobillar ro‘yxati quyidagi havolada taqdim etilgan.