11 oktabrda bo‘lib o‘tadigan Mobicon 2018 konferensiyasi doirasida mobil aloqaning beshinchi avlod (5G) tarmog‘ining ilk bor ommaviy sinovi o‘tkaziladi. 5G avvalgi texnologiyalar bilan taqqoslanganda, yangi aloqa standarti M2M va IoT talablarga javob bergan holda ma'lumotlar uzatish tezligini yuzlab Mbit/s oshirish va bir vaqtda bir necha million qurilmalar uchun tezlikni ta'minlash imkonini beradi. Sinov Beeline Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Huawei uskunalarida o‘tkaziladi.
Konferentsiyaga tashrif buyuruvchi barcha ishtirokchilar O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida tijoriy maqsadlarda paydo bo‘ladigan yangi aloqa standartini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega. Hozirda esa, abonentlar O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarini qamrab olgan tarmoqning to‘rtinchi avlodidan (4G) foydalanishlari mumkin.
An'analarga sodiq qolgan holda, faqat bir kun – 11 oktabrda Mobicon 2018 konferensiyasi International Hotel Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tinglovchi sifatida ishtirok etish bepul. Taklifnomani qo‘lga kiritish uchun tadbirning rasmiy Telegram kanalida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Konferentsiyadan uch kun avval Telegram kanalning barcha obunachilariga elektron taklifnoma jo‘natiladi. Mazkur taklifnoma bilan konferensiya o‘tkazilayotgan binoga kirish mumkin bo‘ladi.
Tadbir tashkilotchisi – Ledokol Group media agentligi. Ledokol Group, Mobiconʼdan tashqari, 2011 yildan beri USENET internet-konferensiyasining tashkilotchisi hisoblanadi. Konferentsiyaning bosh homiysi - Beeline Uzbekistan. Bosh axborot hamkori - O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (MTRK).
Konferentsiya homiylari: CLICK – elektron to‘lov tizimi, MacCoffee savdo belgisidan Cafeʼ PHO, hamda rasmiy mobil homiy - MEIZU kompaniyasi. Shuningdek, tadbirning IT-homiysi WebNow, Event-ko‘mak – Unique Present, SMM-hamkorimiz - Africa agentligi. Bu yilgi konferensiya ham parallel tarzda, ikkita anjuman zalida o‘tkazilib, tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘zlariga qiziq bo‘lgan spikerlarni tanlab, ularni tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.