Nyu-Yorkda kimyoviy hujumni qaytarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Jahon 08:43 / 21.09.2018 7664

Nyu-York Britaniyaning Solsberisida Sergey Skripal va uning qizi zaharlangani kabi kimyoviy qurol qo‘llagan holda hujumlar sodir etilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, Nyu-York politsiyasining terrorchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Jon Miller biologik qurol yoki zaharlovchi moddalar qo‘llash bilan hujum qilinishi mumkinligi bilan bog‘liq holda xavotir uyg‘otgan obektlar adreslari to‘planganini ma'lum qilgan. Shuningdek, politsiya Federal qidiruvlar byurosi bilan birgalikda Rossiyaning amaldagi rahbariyatini tanqid qiluvchi shaxslar, jumladan sobiq rossiyaliklarga hujum qilinishi mumkinligi sababli ularning ro‘yxatini tayyorlamoqda.  

Miller britaniyalik hamkasblar bilan bu masalalar bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilinayotganini qo‘shimcha qilgan. Uning ma'lum qilishicha, politsiya biologik va kimyoviy hujumlarni qaytarish bo‘yicha bir qator shtab va dala mashg‘ulotlari o‘tkazgan.
 
Miller buni AQSh maxsus xizmatlarining BMT Bosh assambleyasi sessiyasi o‘tkazilishiga tayyorgarligiga bag‘ishlangan maxsus brifingda ma'lum qilgan.

Nyu-York politsiyasi boshlig‘i Jyeyms OʼNill “ayni vaqtda Bosh assambleya sessiyasi va Nyu-York shahri uchun terrorchilik xavflari yo‘qligini” ta'kidlab o‘tgan.  

Ko‘proq yangiliklar: