Toshkent davlat pedagogika universitetida Belarus-O‘zbek ta'lim markazi ochildi

O‘zbekiston 16:50 / 20.09.2018 6014

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Belarus Respublikasi Ta'lim vazirligi o‘rtasida imzolangan idoralararo oliy ta'lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universitetida Belarus-O‘zbek ta'lim markazi tashkil etildi. 

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Belarus-O‘zbek ta'lim markazining tantanali ochilish marosimida Belarus Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich, Belorus davlat pedagogika universiteti rektori Aleksandr Juk boshchiligidagi delegatsiya a'zolari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi vakillari ishtirok etdi. 

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Mazkur markazda talabalar belarus xalqining madaniyati, urf-odati, tarixi, belarus adabiyoti va san'ati bilan tanishishlari, ilm-fan yutuqlari hamda o‘zlari uchun zarur axborotlarni olishlari mumkin bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: