Belarusda Nexta Telegram-kanali mualliflari terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi 

Jahon 20:40 / 19.11.2020 6570

Ta'kidlanishicha, KGB ro‘yxatiga kiritilgan 726 kishidan faqat Putilo va Protasevich Belarus fuqarolari hisoblanadi. Ro‘yxatda qayd qilingan qolgan kishilar Suriya, Iroq, Afg‘oniston fuqarolaridir. 

Nexta mualliflari Belarus Jinoyat kodeksining “Ommaviy tartibsizliklar” moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

Avvalroq Putilo va Protasevich xalqaro kidiruvga berilgandi. Ta'kidlanishicha, hozirda ular Polshada qolmoqdalar. Belarus hukumati qo‘shni davlatni ularni topshirishga chaqirmoqda.

Belarus tergov qo‘mitasi Nexta mualliflariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ular ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish hamda hokimiyat va huquq-tartibot vakillariga nisbatan “ijtimoiy adovat qo‘zg‘atishga” qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oshirishda ayblanmoqda. 

Nexta Telegram-kanali Belarusda prezident saylovlaridan keyin boshlangan ommaviy noroziliklarni faol yoritib keladi. Minsk sudi internet-nashr materiallarini ekstremistik deb topgan.

Ko‘proq yangiliklar: