OAV Pentagon rahbari iste'foga chiqishga tayyorlanayotgani haqida xabar berdi

Foto: AFP/Getty Images
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelishmovchiliklar tufayli o‘z lavozimini tark etishi mumkin, deya xabar beradi Los Angeles Times Pentagon va Oq uydagi amaldorlarga tayangan holda.
Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, prezident mudofaa vazirining sadoqatini shubha ostiga qo‘ygan.
«U [Tramp] Mettis Trampning boshqa odamlari kabi sodiq emas, deb o‘ylamoqda. Ya'ni, u buni omma oldida, so‘zsiz va butunlay bildirishi kerak», - deya ma'lum qilgan amaldor.
Boshqa manbalarning ma'lum qilishicha, Pentagon rahbari Trampning xatti-harakatidan va u mojaroli siyosiy bayonotlarga moyilligidan hafsalasi pir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Pentagon rahbarini ham ishdan bo‘shatish haqida o‘ylayotgani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning faoliyatidan qoniqish hosil qilmayapti.
Mavzuga oid

12:30 / 04.03.2025
Pentagon rahbari Rossiyaga qarshi kiberhujumlarni to‘xtatishni buyurdi

21:24 / 02.03.2025
CNN: Rossiya va Xitoy Tramp ma’muriyati ishdan bo‘shatayotgan xodimlarni og‘dirib olmoqda

17:20 / 20.02.2025
WP: Pentagon rahbari mudofaa budjetini har yili 8 foizga qisqartirishni buyurdi

18:07 / 11.02.2025