Facebook ijtimoiy tarmog‘i ishida 16 sentabr kunduzgi vaqtlarda yana nosozliklar kuzatila boshlandi.
Downdetector servisi ma'lumotlariga ko‘ra, nosozliklar faqatgina O‘zbekistonda kuzatilmayapti. Biroq, boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqqa kira olmasliklari borasida shikoyat qilmoqdalar (log in). O‘zbekistonda esa asosiy muammo serverlarga umuman kirib bo‘lmayotganidadir (total blackout).
Servisga kirish bilan bog‘liq muammolar yana VPN-ilovalar ommabopligini oshirmoqda.
Masalan, iOS uchun VPN Proxy Master avvalgi nosozliklar paytida O‘zbekistondagi eng ko‘p yuklab olingan dasturga aylangan bo‘lsa, keyinchalik pozitsiyasini yo‘qota boshladi. Hozirda esa, u 78 pozitsiyaga ko‘tarildi va o‘sishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda VPN-ilovalar ommabopligi pasayishi kuzatilayotgani xabar berilgandi.