Amerikalik ayolning Samsung Galaxy Note 9 smartfoni yonib ketdi

Fan-texnika 16:52 / 17.09.2018 10358

Amerikalik Diana Chung o‘ziga tegishli Galaxy Note 9 smartfoni yonib ketgani uchun Samsung’ni sudga berdi, deb yozmoqda The New York Post.

Xabar qilinishicha, hodisa 3 sentabr kuni Long-Aylendda yuz bergan. Chung qo‘lidagi smartfon qiziy boshlagach, uni sumkasiga solgan. Bir ozdan so‘ng chiyillagan ovoz eshitilgan va sumka ichidan tutun chiqa boshlagan. Ayol sumka ichida paydo bo‘lgan olovni zo‘rg‘a o‘chirgan. Uning aytishicha, smartfon «sumka ichidagi hamma narsani yo‘q qilgan» va u zararni qoplashlarini talab qilmoqchi.

«Biz Galaxy Note 9 bilan bunday holat yuz bergani haqida murojaat olmadik va hozirda bu bo‘yicha surishtiruv olib bormoqdamiz», — degan kompaniyadagilar.

2016 yil oktabrda Samsung kompaniyasi o‘z-o‘zidan yonib ketish holatlari sodir bo‘lganidan so‘ng butun dunyo bo‘ylab Galaxy Note 7 smartfonlari sotuvini, keyinroq ishlab chiqarilishini to‘xtatgandi. Keyinchalik kompaniya akkumulyator bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilgan smartfonning yangi versiyasini chiqargandi.

Ko‘proq yangiliklar: