Germaniyada vodorod yonilg‘isida yuruvchi ilk poyezd sinovdan o‘tkazildi

Fan-texnika 21:30 / 16.09.2018 8514

Germaniyada vodorod yonilg‘isida yuruvchi ilk poyezd sinovdan o‘tkazildi. DW nashrining ma'lum qilishicha, poyezd tomida vodorod yonilg‘ili sisterna va yonilg‘i elementi joylashtirilgan. U vodorod energiyasini atrof-muhitga ziyon yetkazmagan holda elektr tokiga aylantiradi.  

Poyezd 140 km/soat tezlikka erisha oladi.

Poyezd 17 sentabrda standart yo‘nalishga chiqib, Bremerferd shahrini Kuksxafen, Bremerxafen va Bukstexud bilan bog‘laydi. 2021 yildan bunday 14 ta poyezd Bukstexude — Kuksxafen yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar amalga oshirishi rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: