Joriy yilning yanvar-avgust oylarida import hajmi 12,0 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 31,2%) teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar (40,1%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,4%) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (9,1%) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.
Xizmatlar importi hajmi 1467,6 mln. AQSh dollarini yoki jami import hajmining 12,2%ini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,3%ga o‘sdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, qurilish xizmatlari va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat bo‘ldi.
2018 yilning yanvar-avgust oylarida respublikaga 153dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5ta eng yirik bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 7 359,2 mln. AQSh dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 61,2%ini tashkil qiladi.
2018 yilning o‘tgan davri mobaynida respublika import qilinayotgan tovarlar hajmi avgust oyida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etib, avgust oyida iyul oyiga nisbatan qiymati 243,7 mln. AQSh dollariga ko‘proq tovarlar import qilindi va 1654,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.