Androidlar dunyosi yangiliklari: Ibuki bola erkin harakatlanadi va kuladi

Fan-texnika 15:28 / 14.09.2018 8642

To‘rt g‘ildirakda erkin harakatlanadigan android-bola Tokiodagi Rivojlanayotgan fan va innovatsiya (“Miraykan”) milliy muzeyida ommaviy axborot vositalariga ilk marta namoyish etildi.

Namoyish etilgan odamga o‘xshash robotning ismi Ibuki. U Osaka Universiteti tadqiqotchilari guruhi tomonidan androidlarni yaratish bo‘yicha mamlakatdagi yetuk mutaxassis, professor Xirosi Isiguro boshchiligida yaratildi. Asoschilar o‘z farzandlarini haqiqiy odamga o‘xshatishga harakat qilib, uni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishmoqda. Takomillashtirish yo‘nalishlaridan biri – odamlar bilan erkin muloqot. Hozirda robot belgilangan joyga yetkazadigan yo‘lni ko‘rsata oladi, - deya xabar bermoqda «Yomiuri simbun».

Androidning bo‘yi 120 santimetr, vazni – 37 kilogram. U 10 yoshli bolaga o‘xshatib modellashtirilgan. Shuning uchun boshqa robotlarga qaraganda u qadar qo‘rqinchli emas.

​Uning karkasi uglerod va plastik kabi materiallardan tayyorlangan. Yuzi va qo‘llari esa lateks «terisi» bilan qoplangan. Beldagi maxsus bo‘g‘im bilan to‘rt g‘ildirakda oldinga harakatlanib, android odamning yengil harakat qiladigan tabiiy odam tanasiga taqlid qiladi. Uning tanasini kulish, qo‘lda narsalarni ushlab turish, qo‘llarni silkish kabi harakatlar qilish imkonini beradigan jami 47 dvigatellar ushlab turadi.

Tadqiqotchilar odamlar bilan tabiiy muloqotda bo‘lish uchun yangi funksiyalar qo‘shish, shuningdek, imo-ishoralar yordamida o‘z tuyg‘ularini bildirishga o‘rgatishni rejalashtirmoqdalar. Ular kelajakda robotning ikki oyoqda yurishi ustida ham ish olib bormoqdalar.

«Tez orada android odamlar bilan birga sayr qiladi va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlasha oladi», deydi Isiguro.

Ko‘proq yangiliklar: