Google kompaniyasi o‘zining Inbox pochta xizmatini 2019 yil martida yopishga va o‘z e'tiborini Gmail pochta xizmatini rivojlantirishga qaratishga qaror qildi. Gmail’ning apreldagi yangilanmasiga Inbox funksiyalarining bir qismi qo‘shilgan (“aqlli” javoblar kabi).
Kompaniya Inbox dastavval Gmail pochtasini to‘ldirish, mobil qurilmalar uchun pochta qutisi bilan ishlashni soddalashtirish uchun xizmat qilishini ko‘zda tutgan. Pochta xizmati Gmail foydalanuvchilarining qayd qilish yozuvlari bilan ishlagan. U dizayni va funksiyalari bilan ajralib turgan.
Ta'kidlanishicha, 2019 yil martida dastur barcha do‘konlardan o‘chirib tashlanadi, uni elektron qurilmalarda qo‘llab bo‘lmaydi.