Eng kuchli internet quroli yana «uyg‘ondi»

Fan-texnika 13:26 / 13.09.2018 21510

Ikkita mashhur botnet -  Mirai va Gafgyt (Baslite) yirik korporativ tarmoqlarga hujum qilish uchun vositalarni yangiladi. Bu haqda Palo Alto Networks kompaniyasi hisobotida aytiladi.

Xabar qilinishicha, botnetlar ma'murlari eski ma'lum bo‘lgan nosozliklardan foydalanuvchilar eksploitlar kodlarini o‘z arsenaliga qo‘shib olganlar.

Mirai 16ta eksploitni oldi, ular orasida routerlarga kira olishi mumkin bo‘lgan dasturlar ham bor. Gafgyt, katta ehtimol bilan, boshqaruv tizimlariga e'tibor qaratgan, sababi CVE-2018-9866 kabi ma'lum bo‘lgan jiddiy kamchilikdan foydalanadi. U SonicWall’ning tegishli qurilmalarida bor.

So‘nggi vaqtlarda, ekspertlarning ta'kidlashicha, botnetlardan foydalangan holda amalga oshiriluvchi hujumlardan yirik kompaniyalar zarar ko‘rmoqda.

Mirai botneti o‘zi haqida 2016 yilda ma'lum qildi va «zamonaviylikning eng qudratli vositasi», deb nomlandi. O‘shanda butun dunyodagi serverlar uning qurboniga aylandi. Dastlabki kod ochiq manbalarda e'lon qilingach, ko‘plab xakerlar uni modifikatsiyalash va takomillashtirishga kirishib ketishdi. Gafgyt haqida 2015 yilda ma'lum bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, bu botnetga milliontadan ortiq «aqlli» qurilmalar kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: