Apple yangi Apple Watch Series 4’ni taqdim etdi. Uning ekrani ramkasiz bo‘ladi

Fan-texnika 08:06 / 13.09.2018 9440

Apple ikkita modelda Apple Watch Series 4 «aqlli» soatlarini taqdim etdi. Uning korpuslari 40 va 44 mm o‘lchamga teng. Oldingi modellarga nisbatan ekran o‘lchami 35%ga oshdi.

Foto: Apple

Soatlar, shuningdek, yangi siferblat va kuchaytirilgan dinamiklarga ham ega bo‘ldi. Series 4 S4 yangi protsessori bilan jihozlangan, u soatning ish faoliyatini ikki barobarga oshirishi kerak.

Foto: Apple

Shuningdek, yangi Apple Watch insonning sog‘lig‘ini kuzatishi va tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bu kishi yiqilib tushsa va bir daqiqadan ortiq vaqt davomida harakatlanmasa yuz beradi. Bundan tashqari, soat elektrokardiogrammani (EKG) yaratishi hamda kasallikning birinchi alomatlarini aniqlashi mumkin, ammo EKG uchun ilova avval faqatgina AQShda bo‘ladi.

Foto: Apple

Soatning bir quvvatlantirishdan ishlash vaqti 18 soatga teng. Bundan tashqari, soatning yon tugmasi taktik aloqa (taptic engine) bilan jihozlandi, uning yordamida foydalanuvchilar EKG qilishi mumkin.

Soatni 14 sentabrdan oldindan buyurtma qilish mumkin, 21 sentabrgacha ular 16 davlatda sotiladi. Soat 399 dollar turadi. 

Ko‘proq yangiliklar: