Samsung televizorlari - 12 yildan buyon yetakchi!

Fan-texnika 12:53 / 12.09.2018 9632

IHS xalqaro tahlil kompaniyasining tadqiqotlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasi 12 yildan buyon televizor ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Samsung televizorlari 12 yildan beri dunyoda yetakchi hisoblanadi. IHS tadqiqoti natijalariga qaraydigan bo‘lsak, Samsung bu borada 2006 yildan buyon 1-o‘rinni egallab kelyapti. Kompaniyaning bozordagi ulushi o‘sib bormoqda: hozirda bu ko‘rsatkich 26,5% ni tashkil etadi.

Eng qizig‘i, 1997 yilda jahondagi birinchi suyuq kristalli diagonali 30 dyuymga teng displeyni yaratgan kompaniya bundan keyin ham ommani hayratga solishda davom etadi desangiz, kamdan-kam inson bunga ishonardi.

2010 yilda bu Janubiy Koreya brendi 3D LED TV rusumli televizorlarni ishlab chiqarishni boshladi. Aynan shu yili Smart TV platformasi uchun dunyodagi ilk ilovalar do‘koni taqdim etildi. 2011 yilda esa Smart HUB, ya'ni Smart TV uchun mo‘ljallangan dasturiy modul ommaga tanishtirildi.

Bundan tashqari, 2013 yilda jahonda birinchi OLED TV televizorlarining yaratilishi, 2014 yilda botiq ekranli Curved UHD TV televizorlarining taqdim etilishi kompaniya tarixidan o‘rin olgan. Curved modellari hozir ham ommabopligini yo‘qotmagan, shu bois ularni ishlab chiqarish haligacha davom etmoqda. Keyinchalik Samsung OLED displeylarni tayyorlashdan to‘xtadi, bunga sabab organik materiallardan tashkil topgan bunday panellarda tasvirning «kuyishi» edi. Biroq, shunga qaramasdan, boshqa raqobatchi-kompaniyalar hali ham ushbu texnologiyadan voz kechishgani yo‘q.

Samsung rahbariyati esa bu yo‘nalishda barcha e'tiborini mustahkam va uzoq xizmat qiladigan texnologiyalarga qaratdi va bu borada to‘g‘ri qaror qabul qildi. Tasvir sifatini uzoq vaqt yo‘qotmaydigan yuqori texnologiyali televizorlarni yaratish ustidagi ishlar bir necha yil olib borildi.

Shunday qilib birinchi QLED televizorlari paydo bo‘ldi.

2018 yilda esa Samsung QLED TV video nomli mashhur nemis jurnalidan kuyishdan himoyalangan ekranlarga beriladigan sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Foto: Samsung

QLED TV texnologiyasining afzalliklari nimada?

  • Kvant nuqtalaridan tarkib topgan ekran texnologiyasi intuitiv boshqaruvli optimal namoyish sharoitini ta'minlaydi;
  • 100% ranglar qamrovi;
  • Har qanday yorqinlik darajasida tashqi yoritishdan qat'iy nazar chinakam va aniq ranglar namoyishi;
  • Sifati buzilmas tasvirlar.

QLED TV tasvir sifati minimalistik va funksional dizayn bilan hamohang uyg‘unlashgan. Barcha o‘tkazgichlarni yagona yarimshaffof kabelga birlashtirgan One Connect texnologiyasi esa chigallashgan simlardan xalos bo‘lish va yanada keng joy hosil qilishga yordam beradi.

Foto: Samsung

Bunga qo‘shimcha tarzda, QLED TV televizorlarida Ambiyent Mode nomli interer rejimi ham ko‘zda tutilgan, u orqali qurilma sizga foydali ma'lumotni yoki oilaviy suratni ko‘rsatadi yoki xona devoriga mos tarzda o‘zgarib deyarli ko‘rinmas tus oladi.

Foto: Samsung

QLED TV – yirik formatli televizorlar bozorida yetakchi. Jahonda sotilgan 75 dyuymli diagonalga ega barcha televizorlarning deyarli yarmi Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan. Joriy yilda xaridorlarga yetkazilgan bunday televizorlarning sotuv hajmi o‘tgan yildagiga qaraganda uch barobar ko‘paygan.

Shubhasiz, Samsung kompaniyasi televizorlar tayyorlash bo‘yicha yanada ilg‘or innovatsiyalarni yaratishda davom etadi va erishilgan natijalarda to‘xtab qolmaydi.

Facebook: www.facebook.com/SamsungUzbekistan
Instagram: www.instagram.com/SamsungUzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: