Moliya vazirligi uchun hozirgi neftning bir barreli uchun 78 dollarlik narxda valyutani xarid qilish yo‘qqa chiqayotgan sharoitda rublning muvozanatli kursi 50 rubl. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Sharqiy iqtisodiy forum doirasida ma'lum qildi, deb yozmoqda RBK.
Uning bildirishicha, 63-64 rubllik kurs bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlari o‘zgartirishiga hech qanday sabablarni ko‘rmayapti. «To‘lov balansi bizda kuchli, byudjyet balansi - YaIMning taxminan bir foizi darajasida profitsit, tashqi qarz - mo‘tadil», - dedi Oreshkin. Uning fikricha, global inqiroz qator rivojlanayotgan davlatlarni qamrab olganiga qaramasdan, Rossiyada yetarlicha zaxira bor.
Iqtisodiy rivojlanish vazirining so‘zlariga ko‘ra. rublning zaiflashuvi Rossiyadan kapitalning qisqa muddatli chiqib ketishiga bog‘liqdir. Oreshkinning bildirishicha, chiqib ketish bilan bog‘liq holat to‘xtasa, trend ham o‘zgaradi. «Agar kechagi kunga qaralsa [11 sentabr], rubl jiddiy mustahkamlana boshladi, bu valyutaning global bozorlarida barqaror holatda ekani bilan birga kechmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.
O‘z navbatida, Rossiya prezidenti yordamchisi Sergey Glazev Sharqiy iqtisodiy forumda ma'lum qilishicha, rublning pasayishiga olib kelgan asosiy omil Markaziy bank tomonidan kurs barqarorligini ta'minlash bo‘yicha «o‘zining konstitutsiyaviy majburiyatlarini» bajarmaganidadir. «Valyuta zaxiralari pul bazasi hajmidan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan bir holatda, ular kursning shakllanishini rublni atayin tebratuvchi, makroiqtisodiy vaziyat beqarorlashuvidan gigant daromadlar oluvchi moliyaviy olib-sotarlarga berib yubordi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
10 sentabr, dushanba kuni Moskva fond birjasida yevroning kursi 81 rubldan oshdi, dollar kursi 70 rubldan ko‘tarildi. Rossiya milliy valyutasi 2016 yil mart oyidagi rekordlarini yangiladi. Biroq, keyingi kun rubl biroz mustahkamlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi 2018 yilda mamlakatdan chiqib ketadigan mablag‘lar oqimi bo‘yicha prognozni ikki baravarga oshirgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatdan 2018 yil oxiriga qadar avvalroq aytilganidek 18 milliard emas, balki 41 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lar olib chiqib ketiladi.