BMW kompaniyasining mototsikl bo‘linmasi avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlangan mototsikl prototipini namoyish etdi. R1200GS deb nomlangan mazkur tajribaviy model o‘zi harakatlanishi, burilishi va to‘xtashi mumkin. Kompaniyadagilar bunday ishlanmalar mototsikllarda harakatlanish xavfsizligini oshiradi deb hisoblamoqda.
YouTube ‘dagi BMW Motorrad kanalida joylashtirilgan videolavha sharhida yozilishicha, kompaniya injyenerlari mototsikllarga to‘siqlarni aylanib o‘tishda xavfsiz yo‘llarni aytib turadigan va mushkul vaziyatlarda umumiy barqarorlikni oshiradigan elektron tizim o‘rnatishmoqchi.
2015 yilda Yamaha 200 ot kuchiga ega YZF-R1M sport mototsiklini boshqara oladigan robot yaratgandi. Motobot haqiqiy poygachilar bilan raqobat qilishi taxmin qilingandi. Honda kompaniyasining Riding Assist deb nomlangan ishlanmasi esa mototsikl rulini kerakli tomonga burish orqali uning muvozanatini saqlash, haydovchi holatini kuzatib borish xususiyatiga ega.